Endi “Siti”ni to‘xtatib bo‘lmaydi. Klub superhujumchi transferini ham e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi rasmiy sayti orqali “Everton” hujumchisi Iliman Ndiayeni oʻz safiga qoʻshib olganini eʼlon qildi. 26 yoshli futbolchi bilan 2031 yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolandi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari Senegal terma jamoasi futbolchisi uchun «Manchester Siti» bonuslar bilan birga 65 million funt sterling (76 million yevro) toʻlashi haqida xabar bergan edi.
Ndiaye 2024 yil yozidan beri “Everton” safida oʻynab kelayotgan edi. Ushbu davr mobaynida hujumchi barcha turnirlarda 74 ta uchrashuv oʻtkazib, 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Senegal milliy terma jamoasi safida esa Ndiaye 43 ta oʻyinda ishtirok etgan. U bu uchrashuvlarda 5 ta gol urgan va 8 ta assist qayd etgan.
Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar