
"Endi u soyada emas"
Rio Ferdinand Karim Benzemani dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisi deya e’tirof etdi.
UEFA chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan ilk bahsda "Real" "Chelsi"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Frantsiyalik goleador mazkur uchrashuvda xet-trik muallifiga aylandi.
"Karim - bog‘lovchi. U o‘z jamoasini cho‘qqiga olib chiqdi. Krishtianu Ronaldu "Real"da bo‘lganida, Benzema kamtarlik bilan ikkinchi planda qolgan. Biroq endi u soyadan chiqib ketdi.
Karim 34 yoshda va dunyoning eng yaxshi "to‘qqizlik" futbolchisi. U boshqa darajada. Benzema gol uradi, uzatma beradi va bog‘lovchi rolida harakatlanadi", - dedi "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi.
Fikrlar