Endrik: "Anchelottining maslahatidan keyin "Lion"ga keldim"

  • 05.01.2026 23:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid"dan ijara asosida "Lyon"ga ko‘chib o‘tgan braziliyalik hujumchi Endrik Fransiya klubiga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

— Karlo Anchelotti menga aniq ko‘rsatmalar berdi. Qanday qilib yanada yaxshiroq bo‘lishim mumkinligini tushuntirib berdi. Bu menga juda qattiq ta’sir qildi. U menga: "Bor, o‘yna va rivojlan", dedi. Men doim uning maslahatlariga amal qilganman. Shu sababli o‘zimga: "Xo‘p, men ketaman", dedim.

Milliy terma jamoada o‘ynashni hamma istaydi. Shukrki, men bu libosni avval ham kiyganman va unga yana qaytish uchun bor kuchimni sarflayman.

Shaxsiy maqsadlarimga kelsak, men "Lyon"ga yordam berishni istayman. O‘ynashni va g‘alaba qozonishni xohlayman. "Lyon" bilan sovrinlar yutmoqchiman, jamoani turnir jadvalining yuqori pog‘onalariga olib chiqish va finallarga yetib borishni maqsad qilganman. Men doim g‘alaba qozonishni istayman.

"Lyon" men bilan bog‘langanda, bu men, rafiqam va oilam uchun juda muhim lahza edi. Men o‘ynash uchun ketishni istadim.

Qachonki Alloh menga yo‘l ko‘rsatsa, men o‘sha yo‘ldan boraman. "Lyon"da o‘ynash uchun yanada ko‘proq mehnat qilishim kerakligini yaxshi bilardim, — dedi Endrik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!