Endrik La Ligada qolishi mumkin

  • 22 oktabr, 18:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi Endrik qishki transferlar oynasida qaerga yo‘l olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Avvalroq, "qaymoqranglilar" o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istagan braziliyalik yosh futbolchini qo‘yib yuborishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jurnalist Mark Brusning ta’kidlashicha, Endrikni qo‘lga kiritish uchun "Real Sosedad" favorit bo‘lib turibdi, ushbu klubning madridliklarning rahbariyati bilan munosabatlari juda yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Endrik joriy mavsum bir daqiqa ham maydonda harakat qilmadi. Futbolchining "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2030 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, forvardning narxi 35 million evroni tashkil etadi.

Avvalroq, futbolchiga Frantsiya chempionati vakili "Marsel"dan faol qiziqish bo‘layotgani haqida xabar bergandik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!