"Energetik-BGU" Belarus chempionati tarixiga kirdi

"Energetik-BGU" jamoasi Belarus chempionatining dastlabki uch turida 3 ta g‘alaba qayd etgan 13-jamoaga aylandi. Bu boradagi rekord Minskning "Dinamo"siga tegishli bo‘lib, poytaxtliklarga 1995 yilning kuzidagi chempionatning dastlabki 9 turida teng keladigan raqib topilmagan.

So‘nggi o‘n yillikka nazar soladigan bo‘lsak, bunday natijani BATE  (2015, 2016, 2018), "Shaxtyor" (2019) va "Dinamo" Brest (2019) kabi etakchi jamoalar qayd etgan.

O‘tgan mavsumni ham qo‘shib hisoblaydigan bo‘lsak, "talabalar" 7  uchrashuvdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda. Bundan tashqari, ular o‘z uylaridagi so‘nggi to‘rt bellashuvning barchasida g‘alaba qozonishga erishdilar.

Ma’lumot  uchun, "Energetik-BGU" safida hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shaxboz Umarovlar faoliyat olib borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!