Eng ko‘p jahon chempionlarini tarbiyalagan klub qaysiligini bilasizmi?
Ispaniya milliy terma jamoasi 2026 yildgi mundial finalida Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng, “Barselona” tarixda jahon chempionlarini eng ko‘p yetishtirgan klublar reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Bu galgi final uchrashuvi AQShning Ist-Raterford shahridagi “Metlayf” stadionida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam sifatida sloveniyaik Slavko Vinchich ishladi.
2026 yilda jahon chempioni bo‘lgan “Barselona” futbolchilari sakkiz nafarni tashkil qildi. Ular:
- darvozabon Joan Garsiya;
- himoyachilar Erik Garsiya va Pau Kubarsi;
- yarim himoyachilar Pedri, Gavi va Daniel Olmo;
- hujumchilar Lamin Yamal va Ferran Torres.
Umuman olganda, “Barselona” futbolchisi maqomida 20 nafar o‘yinchi jahon kubogini boshi uzra ko‘targan.
Tarixda jahon chempionlari eng ko‘p bo‘lgan klublar reytingi:
- «Yuventus» — 28 nafar futbolchi.
- «Bavariya» — 23.
- «Inter» — 22.
- «Barselona» — 20 (+8).
- «Roma» — 18.
- «Penyarol» — 15.
- «Santos» — 15.
- «Real» Madrid — 13.
- «Nasyonal» — 12.
- «San-Paulu» — 12.

Fikrlar