Eng mashhurlari ekan! Angliya termasidagi o‘g‘rilik qurbonlari ma'lum bo‘ldi
Jurnalist Kreyg Houp (Daily Mail) ma'lumotiga ko‘ra, Angliya milliy jamoasi jahon chempionati davomida noxush hodisaga duch kelgan. Terma jamoaning katta miqdordagi mashg‘ulot anjomlari o‘g‘rilab ketilgan.
Xabar qilinishicha, yo‘qolgan buyumlar orasida jamoa yetakchilari bo‘lgan Harri Keyn va Jud Bellingemning butsalar ham bor.
Bundan tashqari, Angliya terma jamoasining deyarli barcha mashg‘ulot to‘plari ham o‘marilgan. Natijada jamoa ixtiyorida atigi bitta to‘p qolgan. Shuningdek, bosh murabbiy Tomas Tuxel shtabi foydalanadigan taktik doska va boshqa texnik jihozlar ham yo‘qolgan.
Bu holat jamoaning turnir o‘yinlariga tayyorgarligiga qo‘shimcha muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Manba ma'lumotiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar allaqachon tergov ishlarini boshlagan.
Asosiy gumondorlar sifatida Angliya terma jamoasi anjomlarini tashish bilan shug‘ullangan haydovchilar ko‘rib chiqilmoqda.
Hozircha Angliya futbol assotsiatsiyasi mazkur voqea bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan.

Fikrlar