Eng qimmat futbolchilar reytinggi e'lon qilindi: Mbappe uchinchi o'ringa tushib ketdi

  • 05.06.2026 19:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 Transfermarkt portali mutaxassislari ko‘plab futbolchilarning narxlarini yangilashdi. Juma kuni Ispaniya La Ligasi futbolchilarining baholangan qiymati yangilangandan so‘ng, sayyoradagi eng qimmat 10 nafar futbolchining reytingi boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ldi. Kilian Mbappe dunyodagi eng qimmat futbolchi maqomini yo‘qotdi bu maqomni u so‘nggi oylarda Lamin Yamal va Erling Xoland bilan baham ko‘rgan edi. Keling, top-10 qanday ko‘rinishini ko‘rib chiqaylik.

1-2. Lamin Yamal 200 million yevro;

1-2. Erling Xoland 200 million yevro;

3. Kilian Mbappe 180 million yevro;

4-5. Pedri 150 million yevro;

4-5. Maykl Olise 150 million yevro;

6-9. Xvich Kvaratsxeliya 140 million yevro;

6-9. Joau Nevesh 140 million yevro;

6-9. Vitin'ya 140 million yevro;

6-9. Vinisius Juniyor 140 million yevro;

10. Jud Bellingem 130 million yevro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!