Eng uzoq masofadan gol kiritgan futbolchi kim ekanligini bilasizmi? U «Ginnes rekordlari» kitobidan o‘rin egallagan!

  • 27 may, 2021, 13:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

2013 yilning noyabr oyida «Stok Siti» darvozaboni Asmir Begovich APL tarixiga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi. Bosniyalik kiper «Sautgempton» bilan bahsning 13-soniyasida naqd 91,9 metr uzoqlikdan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 8 yil o‘tgan bo‘lsa-da, dunyoning eng shiddatli birinchiligidagi bu rekord yangilangani yo‘q. Vaholanki, 2-ligada bu ishni takrorlagan darvozabonlar bo‘ldi, ammo APLda Begovich yaqqol peshqadam!

«Sautgempton» a’zolari to‘pni o‘yiniga kirib bergach, maydon markazida to‘pni oldirib qo‘yadi. Oqibatda, «Stok» himoyachisi Piters bir ammalab, snaryadni darvozabonga uzatadi. Begovich esa, o‘ylab o‘tirmay uni oldinga tepib yuboradi. «Avliyolar» kiperi Artur Boruts esa, bu paytda ancha oldinga chiqib olgan edi. Natijada, to‘p erga tegib, sapchidi va to‘g‘ri darvoza to‘ridan o‘rin egalladi.

Bahs 1:1 natijasi bilan yakunlandi. Begovich esa, o‘z golini shunchaki omadga yo‘ydi. Darhaqiqat, kamtarin Asmir ortiqcha so‘zlar bilan vaziyatni izohlab o‘tirgani yo‘q. Shunchaki, omad tamom!

«Bu juda ham yoqimli. Bilaman, bu omadli tasodif. Raqib darvozaboni tushib qolgan holat uchun afsusdaman, lekin jamoaga ochko ishlab berganim uchun mamnunman. Umid qilamanki, o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchni saqlab qolamiz. To‘g‘risi, golni atayin nishonlamadim. Bu Artur Borutsga nisbatan hurmatsizlik bo‘lar edi. Bugun shamol sababli barcha futbolchilar o‘zlaridan kutilgan futbolni namoyish etishni uddalay olmadilar».

Begovich darvozani ishg‘ol qilgan APL tarixidagi 5-kiperga aylandi. Unga qadar bu ishni

— Peter Shmeyxel - «Aston Villa» oktyabr, 2001 yil;

— Bred Fridel - «Blekbern Rovers» fevral, 2004 yil;

— Pol Robinson - «Tottenxem» may, 2007 yil;

— Tim Xovard - «Everton» yanvar, 2012 yil.

faqat ular uddalagan, xolos. Oradan 8 yil o‘tganiga qaramay, hali hech bir posbon ro‘yxatdan o‘rin egallagani yo‘q. 2014 yilga kelib, Begovichning golini «Ginnesning rekordlari» kitobiga kiritish borasida ish boshlandi. Unga ko‘ra, darvozabon ushbu sport tarixida eng uzoq masofadan gol urgan futbolchiga aylandi.

jiergierjhijreh

«Erishgan yutuqlarim bilan faxrlanaman. Bunaqasini kutmagan edim. Bu yutuqni qadrlayman. Unga hamma ham erisha olmaydi. Menga taqdir shunday in’om bergan ekan, buning uchun quvonch hissini tuyishim kerak. Bu sovrin uyimdagi eng muhim joyda turishga loyiq».

2021 yilning yanvar oyiga kelib, Angliyaning 2-ligasi vakili - «Nyuport Kaunti» klubi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Gap shundaki, klub darvozaboni 96,1 metr uzoqlikdan gol kiritishni uddaladi. «Cheltenxem» klubi bahsda g‘alaba qozonganiga qaramay, «Jonni Roks» a’zosi mashhur bo‘lib ketdi. Ko‘p o‘tmay, «Ginnesning rekordlar» kitobi hodisani e’tirof etdi.

gerokgoerkokherh

Shunga qaramay, Begovichning amalga oshirgan «mo‘’jiza»si APLdagi qadrini yo‘qotgani yo‘q. Hozirda Asmir «Bornmut» klubi a’zosi sanaladi. Joriy mavsumda Chempionshipda aynan eng yaxshi darvozabonlardan biri bo‘lib turibdi. Hozircha, uning hisobida 15 quruq uchrashuv bor. Hozir, jamoa elitaga qaytish uchun kurash olib boryapti. Katta ehtimol bilan 33 yoshli kiper yana APLga qaytadi. Balki, rekordini yaxshilay olmas, lekin u hozir ham liganing eng zo‘r snayperlari qatorida mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!