Eng yosh grossmeyster rekordi yangilanishiga bir qadam qoldi
Ayni paytda Moskvada Aeroflot Open 2026 turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda Faustino Oro Abximanyu Mishraning eng yosh groossmeyster rekordini yangilash uchun kurashni davom ettirmoqda. 6-turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, kecha u ketma-ket ikki g‘alabaga erishdi.
Ba’zi vaziyatlarda Oroga omad ham kulib boqdi. Masalan, kechki turda uning raqibi — ozarbayjonlik IM Vugar Talibov avval 41...Ke7! yurishini qilib, so‘ng ruxni d6 ga olib kelib durang qilish imkoniyatiga ega edi. Ammo u darhol 41...Rd6 o‘ynadi va bu xato bo‘ldi.
Davomida 42.Nxc6 Bxc3 43.Rc1 Rxe6+ 44.Kd5 Re3 45.Nha7 yurishlari qilindi va oq donalar g‘alabaga erishdi.
Hozir Oro hisobida 5,5/8 ochko bor. Grossmeyster normasi uchun unga bugungi turda g‘alaba kerak.
Hal qiluvchi raqib ham ma’lum: u rossiyalik grossmeyster, 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida jahon chempioni (2023) Aleksey Grebnev (2621) bo‘ladi.

Fikrlar