Eng zoʻr toʻpurarlar bizda oʻynashi kerak: Navbat Xolandga!

  • 29.09.2026 09:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Bundesliga chempioni “Bavariya” nishoniga tushdi. Myunxen klubi jamoaning hozirgi to‘purari Harri Keyn “Bavariya”ni tark etganidan keyingi davrga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Myunxen klubi Keyn yana ikki-uch yil jamoada qolishi va yangi shartnoma imzolashiga umid qilmoqda. Shu bilan birga, “Bavariya” Holand bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilmoqda.

Bu norvegiyalik futbolchining “Manchester Siti”dan ketishi Keynning keyinchalik jamoadan ketishi bilan bir vaqtda to‘g‘ri kelgan taqdirda, ehtimoliy transfer variantini ko‘rib chiqish maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Bavariya”dan tashqari, Holand transferiga “Real” va “Barselona” ham da’vogarlik qilyapti. Ushbu klublar hujumchini 2027 yilning o‘zidayoq o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, norvegiyalik hujumchining bozor qiymati 220 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!