Eng zo‘ri kim? Mundialning eng kuchli futbolchilari reytingi tuzildi

  • 13.06.2026 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The Athletic nashri ekspertlari “Jahon chempionati–2026” uchun chaqirilgan eng kuchli futbolchilar reytingini tuzdi.

Reytingni tayyorlashda mualliflar faqat futbolchilarning iqtidorini emas, balki ularning hozirgi sport formasi, jismoniy holati va turnirda muntazam maydonga tushish ehtimolini ham hisobga olgan. Ro‘yxatga jami 50 nafar futbolchi kiritilgan.

Eng yaxshi 25 nafar futbolchi quyidagicha joylashtirildi:

  1. Usmon Dembele (Fransiya)
  2. Garri Keyn (Angliya)
  3. Lamin Yamal (Ispaniya)
  4. Maykl Olise (Fransiya)
  5. Vitinya (Portugaliya)
  6. Kilian Mbappe (Fransiya)
  7. Gabriyel Magalains (Braziliya)
  8. Pedri (Ispaniya)
  9. Ashraf Hakimi (Marokash)
  10. Brunu Fernandesh (Portugaliya)
  11. Luis Dias (Kolumbiya)
  12. Deklan Rays (Angliya)
  13. Erling Xoland (Norvegiya)
  14. Nuno Mendes (Portugaliya)
  15. Vinisius Junyor (Braziliya)
  16. Yoshua Kimmix (Germaniya)
  17. Vilyam Saliba (Fransiya)
  18. Vilyan Pacho (Ekvador)
  19. Jud Bellingem (Angliya)
  20. Federiko Valverde (Urugvay)
  21. Rafinya Dias (Braziliya)
  22. Yonatan Ta (Germaniya)
  23. Tibo Kurtua (Belgiya)
  24. Dayo Upamekano (Fransiya)
  25. Lionel Messi (Argentina)

Qiziqishi shundaki, jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli futbolchisi Krishtianu Ronaldu ushbu ro‘yxatning eng oxirgi pog‘onasi – 50-o‘rindan joy oldi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!