Engil atletika. Besh nafar vakilimiz Osiyo chempionatida qatnashadi

CHERY AUTO

14-15 iyun kunlari Janubiy Koreyaning Mokpxo shahrida engil atletikaning uloqtirish yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi. 

Tecno

O‘zbekiston engil atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, hamyurtlarimiz turnirda quyidagi dasturlarda qatnashishadi: 

– Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish);
– Zarina Nosirjonova (bosqon uloqtirish);
– Elina Silyamieva (bosqon uloqtirish);
– Suhrob Xodjaev (bosqon uloqtirish);
– Dunyozod Sayfullaev (disk uloqtirish).

Dasturga ko‘ra, barcha yurtdoshlarimizning chiqishi 14 iyun sanasiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!