Yengil atletika bo‘yicha kichik o‘smirlar hamda o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda

Qashqadaryo viloyati Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida engil atletika bo‘yicha kichik o‘smirlar (U-14) hamda o‘smirlar (U-16) o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati (yopiq inshoot) qizg‘in va murosasiz bahslar ostida davom etmoqda.

Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 600 nafarga yaqin iqtidorli yosh sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Chempionat dasturidan quyidagi yo‘nalishlar o‘rin olgan:

60, 300, 600, 1000 metrgа yugurish, 60 metrgа g‘ovlar osha yugurish, 4x200 metr estafetali yugurish, 3000 metr sportcha yurish, uch kurash, beshkurash, balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish

Bellashuvlar o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida alohida yosh toifalarida o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqa yosh atletlarning mahoratini oshirish, ularni yirik musobaqalarga tayyorlash hamda milliy terma jamoalar uchun istiqbolli sportchilarni saralab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston chempionatida dastlabki g‘olib va sovrindorlar ham munosib taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!