Yengil atletika. Osiyo chempionatining so‘nggi kunida uchta medalga ega chiqdik
Xitoyning Ordos shahrida engil atletika bo‘yicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolair 2 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
— Amir Nagaev (balandlikka sakrash)
— Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
Bronza medal:
— O‘giloy Norboeva (yetti kurash)
Yakunda sportchilarimiz mazkur musobaqada 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgarib, umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiya’dan keyin uchinchi o‘rinni egalashdi.
Barcha g‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
— Jonbibi Hukumova (400 metr)
— Jonbibi Hukumova (800 metr)
— Valeriya Gorbatova (balandlikka sakrash)
— Amir Nagaev (balandlikka sakrash)
— Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
Kumush medal:
— Nurxon Ochilova (400 metr, to‘siqlar osha)
— Barnoxon Sayfullaeva (balandlikka sakrash)
— Ayubxon Fayozov (bosqon uloqtirish)
— Ibrohim Mahkamov (uch hatlab sakrash)
Bronza medal:
— O‘giloy Norboeva (yetti kurash)
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar