Asosiy mazmunga oʻtish

Yengil atletika

Engil atletika. Sharifa Davronova kattalar o‘rtasida ham Osiyo chempioni bo‘ldi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Kuchli uchlikdan Yaponiya va Xitoy sportchilari joy oldi.

Qozog‘istonning Astana shahrida engil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi qit’a birinchiligining ikkinchi kun dasturida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan 16 yoshli Sharifa Davronova eng yuqori natija qayd etib, kattalar o‘rtasida ham tengsiz ekanini ko‘rsatdi. 13.98 metr natija hamyurtimizga chempionlikni taqdim qildi.

1.Sharifa Davronova (O‘zbekiston) – 13.98 metr
2.Mariko Marimoto (Yaponiya) - 13.66
3.Chen Tin (Xitoy) - 13.52

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q