Engil atletikachimiz Gretsiyadagi turnirda qit’amizning mavsumdagi ikkinchi natijasini qayd etdi

BEPUL PROPAN

Gretsiyaning Kalifeya shahrida engil atletika bo‘yicha bronza musobaqalar tasnifidagi "Filahtlitikos Kallithea" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston engil atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, Olimpiada va jahon chempionlari ishtirok etgan musobaqada hamyurtimiz Roksana Xudoyorova ham qatnashdi.

21 yoshli atletimiz unda o‘zining sevimli uch hatlab sakrash dasturida startga chiqdi. Yurtdoshimiz urinishlari davomida 13.68 metr natija qayd etib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi. Qayd etish joiz, bu ko‘rsatkich uch hatlab sakrash dasturida Osiyo vakilalari orasidagi ikkinchi natija bo‘ldi.

Engil atletika bo‘yicha "Filahtlitikos Kallithea" turniri
Uch hatlab sakrash, ayollar:

1. Tori Franklin (AQSh) – 14.34
2. Oksana Koreneva (Gretsiya) – 13.94
3. Tug‘ba Danishmas (Turkiya) – 13.89 ...
5. Roksana Xudoyorova (O‘zbekiston) – 13.68.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!