Engilmas bokschi Iliya Topuriyani jangga chaqirdi!
Amerikalik taniqli bokschi Shakur Stivenson bloger Adin Ross bilan strim vaqtida UFC chempioni Iliya Topuriyaga boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazish taklifini bildirdi.
Jonli efirda Stivenson va uning vatandoshi Terens Krouford boksning MMAga nisbatan ustun jihatlari haqida fikr almashayotgan edi. Shu payt Adin Ross Topuriyani boksda raqobatlasha oladigan ehtimoliy jangchi sifatida tilga oldi. Bu gapga esa Shakur hech ikkilanmays javob qaytardi.
"U men bilan jang qilsin", — dedi bokschi.
Boshlovchi Topuriya “juda kuchli va xavfli yigit” ekanini eslatishiga qaramay, Stivenson unga shunday munosabat bildirdi: "Menga farqi yo‘q. Ayt, ringga chiqsin — men tayyorman!"
Ma’lumot uchun, Shakur Stivenson professional faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (11 tasida muddatdan avval).

Fikrlar