Enrike transfer oynasi yopilgandan so‘ng PSJ tarkibini baholadi

  • 04.09.2026 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique yangi mavsum boshida jamoa tarkibi quvvati haqida fikr bildirdi.

«Bizda juda kuchli, ajoyib jamoa bor. Chempionlar Ligasi finalida maydonga tushgan asosiy futbolchilarni saqlab qoldik, shu bilan birga tajribali yosh o‘yinchilar bilan tarkibni yanada mustahkamladik. 

Ana shunday uyg‘unlik bizga katta yutuqlar olib kelishi mumkin. Lekin buni gapda emas, maydonda isbotlash kerak. Kamtar bo‘lib qolishimiz muhim. Oldingi mavsumlardagidek, bu yil ham oson bo‘lmasligini jamoa yaxshi tushunadi», – deya ta’kidladi Luis Enrique matbuot anjumanida. Uning so‘zlarini jurnalist Alfredo Pedulla keltirgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!