Entoni Gordon: Messi men o‘ylagandan ancha zo‘r ekanini endi tushundim

  • 16.07.2026 13:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi vingeri Entoni Gordon jahon chempionati yarim finalida Argentinaга qarshi oʻyinda 1:2 hisobida magʻlubiyatdan keyin oʻz fikrlarini bildirdi.

- Men koʻp yillar davomida Lionel Messi qanday qilib “Barselona” oʻyinlarida natijaga taʼsir koʻrsatishini tomosha qilganman. Bugun esa u haqida oʻylaganimdan ham kuchliroq futbolchi ekanini yana bir bor angladim.

Albatta, magʻlubiyatdan juda xafaman. Lekin bilamanki, kamida shu jahon chempionati sovrini “Barselona”ni juda ham sevadigan kimgadir nasib etadi, — dedi Gordon uchrashuvdan soʻng.

Eslatib oʻtamiz, finalda Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Ispaniya terma jamoasi safida “Barselona” klubi sharafini himoya qiladigan bir qator futbolchilar, jumladan Lamin Yamal ham ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!