Entoni Gordonning "Barselona" bilan shartnoma imzolashi kechikmoqda
Yaqin vaqt ichida Entoni Gordon rasm an “Barselona” futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. Biroq ingliz futbolchisining shartnoma imzolash jarayoni hujjatlar bilan bog‘liq muammolar sabab kechikdi.
Bu haqida jurnalist Alfredo Martines ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
“Bitim xavf ostida emas, ammo transfer biroz kechikadi va shartnoma imzolanishi yana taxminan bir soatga qoldirildi”, — deb yozdi Martines.
Avvalroq 25 yoshli vinger klublar o‘rtasida kelishuvga erishilganidan so‘ng tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tganini xabar qilingan edi. Shuningdek, transferning moliyaviy shartlari haqida ham ma’lumotlar tarqalgan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” 2025/2026 yildgi mavsumda Ispaniya La Ligasi va mamlakat Superkubogida g‘olib chiqqan.

Fikrlar