Entoni Joshua: "Tayson Fyuri, shartnoma imzolash uchun 24 soat vaqting bor!"
Sobiq jahon chempioni Entoni Joshua vatandoshi Tayson Fyuriga ultimatum qo‘yib, u bilan jang qilish uchun shartnoma imzolashga atigi 24 soati borligini aytdi.
"Men bu ahmoqqa sakkiz hafta beraman. Shartnomani imzolash uchun esa 24 soat vaqt! Ko‘ramiz, u nimaga qodir ekan. Hoy sen ochko‘z kichkina yaramas, EJ shu erda!", - deb Entonining so‘zlarini keltirdi "BoxingScene".
Eslatib o‘tamiz, Joshuaning professional rekordida 29 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat mavjud.
Fikrlar