Entoni Joshua: "Terens Kroufordning jismoniy holati juda zo‘r, biroq..."

  • 24.12.2025 17:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Og‘ir vazn toifasida IBF, WBA, WBO, IBO yo‘nalishlari bo‘yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshua mutlaq jahon chempioni Terens Kroufordning sportdagi faoliyatini yakunlash qaroriga izoh berdi.

"Krouford hali ham boksga juda ko‘p narsa bera oladi. Ammo gap faqat jismoniy holatda emas. U ruhan charchagan. Bu haqda Terensning o‘zi ta’kidlab o‘tdi. Amerikalikning janglarini yana xohlasak ham, boshqalarga o‘z qoidalari bo‘yicha yashashiga imkon berishimiz kerak", - deya britaniyalikning so‘zlarini keltirdi "Ready to Fight" portali.

Eslatib o‘tamiz, Krouford oxirgi bor meksikalik Saul Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilib, yakunda ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!