Entoni Joshua va Tayson Fyuri o‘zaro jang qiladi!

  • 13.12.2025 13:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Og‘ir vazn toifasida WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring va IBF sobiq chempioni Tayson Fyuri IBF, WBA, WBO va IBO sobiq chempioni Entoni Joshuaga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda "The Ring" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Fyuri va Joshua o‘rtasidagi bahs 2026 yilgi "Riyadh Season" mega-turnirining markaziy to‘qnashuvi bo‘ladi.

Biroq ushbu qarama-qarshilikdan oldin Tayson ham, Entoni ham "Riyadh Season" doirasida alohida bittadan jang o‘tkazishi lozim. 

Ma’lumot uchun, Joshua so‘nggi jangida hamyurti Daniel Dyubuadan nokautga uchragan edi. Fyuri esa ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi revanshda ochkolar bo‘yicha engilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!