Entoni Joshua yil oxirigacha ringga qaytadi
Britaniyalik mashhur promouter Eddi Xirn sobiq jahon chempioni — Entoni Joshuaning 2025 yil tugashidan oldin ringga qaytishini tasdiqladi.
"Matchroom Boxing kompaniyasi 15 noyabr, 13 dekabr va 27 dekabr sanalarida boks turnirlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Joshua ham shu oqshomlarning birida jang qiladi”, - dedi Xirn "Everything Boxing" nashriga bergan intervyuda.
Ma’lumotu uchun, Entoni Joshua hozirda 36 yosh. U professional ringda 2013 yildan beri faoliyat yuritmoqda. Uning hisobida 28 g‘alaba (25 tasi nokaut bilan) va 4 mag‘lubiyat bor.
Fikrlar