Entoni Joşuaning haydovchisi Nigeriyadagi avtohalokat uchun ayblanmoqda

  • 03.01.2026 13:06
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, 29 dekabr kuni sobiq jahon chempioni Entoni Joshuva va uning doʻstlari YTḤga uchradi. Sportchi oʻtirgan "Lexus" avtomobili yoʻlda turgan yuk mashinasiga borib urilgan va natijada bokschining ikki murabbiyi voqea joyida vafot etgan. Joshuva va haydovchi esa omon qolishni uddalagan.

Endi Entonining haydovchisi, 46 yoshli Adeni Mobalaji Kayode Sagama tinchlik sudi tomonidan asosiy sababchi sifatida ayblanmoqda. Bu haqida VVS nashri xabar berdi.

Politsiyadagi manbalarning BBC ga maʼlum qilishicha, ayblovlar orasida mashinani ehtiyotsiz haydash oqibatida oʻlim sodir etish ham bor.

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!