Entso: Biz "Real"ga qarshi o‘yin uchun ruhan tayyormiz"

  • 12 aprel, 2023, 05:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ni oldinda EChL chorak finalidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi o‘yin kutmoqda. Ushbu match oldidan jamoa yarim himoyachisi Entso Fernandes o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Bilamizki, "Real" kuchli futbolchilarga ega bo‘lib kelgan katta klub. Modrich, Kross bular hamma narsani yutgan top o‘yinchilardir. Ammo biz g‘alaba uchun harakat qilamiz. Hech qanday bosim yo‘q. Bu shunchaki futbol. O‘yinga ruhan tayyormiz", - dedi argentinalik futbolchi.

Mazkur klublar o‘tgan mavsumgi Chempionlar ligasida ham to‘qnash kelgandi. Super tarzda o‘tgan bahsda "Real" umumiy 5:4 hisobida g‘alaba qozongan.  

"Chelsi" uchun mavsum yomon o‘tmoqda. Londonliklar APLda 11-o‘ringa tushib ketgan va ChLga yo‘llanma olish imkoniyati borgan sari tushib ketmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!