Enzo Fernandez “Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi

  • 02.09.2026 14:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enzo Fernandezning “Chelsi”dan “Manchester Siti”ga transferi manchesterliklar tarixidagi eng qimmat xarid bo‘ldi. Futbolchining transferi yaqinda rasmiy ma’lum qilindi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, bitim qiymati 145 million yevroni tashkil qildi.

Bunga qadar “Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat transfer shu yozda “Nottingem Forest”dan olingan Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Elliot Anderson edi. Uning transferi 135 million yevroga tushgan.

Uchinchi o‘rinda esa 2021 yil yozida “Aston Villa”dan sotib olingan Jek Grilish turibdi. Angliyalik futbolchi “Manchester Siti”ga 117,5  million yevro evaziga o‘tgan va bu o‘z vaqtida rekord transfer sifatida qayd etilgan.

Enzo Fernandez 2023 yil yanvaridan beri “Chelsi”da o‘ynab kelayotgan edi. Shu vaqt davomida argentinalik futbolchi barcha turnirlarda 170 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urgan va 30 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!