Enzo Fernandez "Real" haqida mиш-mишlarga ishora qildi
"Chelsi" yarim himoyachisi Enzo Fernandez o‘z bayonoti orqali Madriddning "Real" klubiga ehtimoliy o‘tish haqidagi gap-so‘zlarni yanada kuchaytirdi.
Argentinalik futbolchi Ispaniya poytaxti unga juda yoqishini ochiq aytdi.
"Men Madridda yashashni xohlar edim. Bu ajoyib shahar, u menga Buenos-Ayresni eslatadi", — deya 25 yoshli futbolchining so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltirdi.
Shundan so‘ng unga aniq qaysi klub haqida gapirayotgani yuzasidan savol berilganda, Enzo javob qaytarmadi va faqat kulib qo‘yish bilan cheklandi.
Ma’lumki, Enzo Fernandez ancha vaqtdan buyon "Real" bilan bog‘lab kelinmoqda.
Transfermarkt ekspertlari uning bozor qiymatini 90 million yevro deb baholagan. Uning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning o‘rtasiga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar