Entso Fernandes: “Terma jamoada sardorlik bog‘ichini taqish men uchun katta sharaf”

  • 02.12.2025 14:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandes Argentina terma jamoasining kelajakdagi sardori bo‘lishga tayyor ekanligini aytdi.

"Albatta, Argentina terma jamoasi sardori bo‘lishni orzu qilaman, biroq bu qarorni men emas jamoa murabbiylari qabul qiladi. Bu voqea qachon amalga oshishi mumkinligini aytolmayman. Terma jamoada sardorlik bog‘ichini taqish men uchun katta sharaf",- dedi 24 yoshli yarim himoyachi  "Give Me Sport" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi 2026 yilning yozida Jahon chempionligi unvoni himoya qilishadi va terma jamoaning hozirgi sardori Lionel Messi hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!