Enzo Fernandez o‘rnini 100 million yevrolik futbolchi egalaydi

  • 05.09.2026 10:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Chelsi» klubi Enzo Fernandez o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchini Madriddning «Atletiko» jamoasidan topdi.

Sport.es nashri xabariga ko‘ra, londonliklar qishki transfer oynasida 23 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Pablo Barriosni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. «Chelsi» yosh futbolchi uchun taxminan 100 million yevro to‘lashga tayyor ekani aytilmoqda.

Klub rahbariyatining fikricha, «Atletiko» yarim himoyachisi Enzo Fernandezga munosib almashuv bo‘lishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi shu yozda «Chelsi»ni tark etib, 145 million yevro evaziga «Manchester Siti» safiga o‘tgan edi. Shu bilan birga, Madrid klubi hozircha Barrios bilan xayrlashish istagida emasligi ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Pablo Barrios «Atletiko» tarkibida Ispaniya chempionatida 23 ta o‘yin o‘tkazib, bir gol urdi va bir golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!