
Eplasang, o‘ynamaysanmi?
Angliya Premer-ligasining oltinchi turida “Manchester Yunayted” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Tottenxem”ga 0:3 hisobida yutqazdi.
Bu bahsdan keyin ko‘plab mutaxassislar Erik ten Xag va uning jamoasini ayovsiz tanqid qilmoqda.
O‘yin borasida o‘tkir fikr bildirgan ekspertlar qatoriga mashhur hujumchi Alan Shirer ham qo‘shildi.
- “Tottenxem” manchesterliklardan ancha yaxshi o‘ynadi. “Manchester Yunayted” rasvo bo‘ldi, uchta gol o‘tkazgani bu jamoaning omadi chopganini bildiradi.
Kimdir menga “Manchester Yunayted” qanaqa jamoa ekanini tushuntirib beradimi? Ularning tizimi qanaqa? Rejasi bormi? Ular hujum qilyaptimi yoki himoyalanyaptimi? Pressing qani?
Bu jamoa qanday o‘ynayotganini umuman tushunib bo‘lmayapti. Hammasi rasvo, - dedi Alan Shirer.
Fikrlar