Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Eplolmading! Al’vares agentini ishdan haydadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Birorta reja ish bermadi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Al’vares so‘nggi transfer oynasida yuz bergan voqealardan so‘ng o‘z agentini almashtirishga qaror qildi.

Argentinalik futbolchi yozgi transfer davrida uning kelajagiga oid masalalar qanday hal etilganidan qoniqmagan. Jurnalist Ruben Uriyaning xabar berishicha, 26 yoshli forvard Fernando Idalgo bilan hamkorlikni to‘xtatgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Al’vares o‘z vakili faoliyatidan ranjib, uning xizmatlaridan voz kechgan. Yaqin kunlarda futbolchiga yangi agent topilishi kutilmoqda.

Yozda Al’vares «Barselona» safida o‘ynashni istagan, kataloniyaliklar esa uning transferi uchun jiddiy harakat qilgan edi. «Barselona» argentinlik hujumchi uchun 100 million yevro taklif qilgan, ammo «Atletiko» jamoa yetakchilaridan birini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q