Erik Bayi safga qaytdi

  • 16 fevral, 2018, 22:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi himoyachisi Erik Bayi jamoa bilan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda “qizil iblislar” bosh murabbiyi Joze Mourino aytib o‘tdi.

Tecno

Qayd etish joiz, Bayi jarohati bois o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon maydonga tusha olmayotgan edi. Ivuarlik futbolchi dekabr oyida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan edi.

Klub rasmiy saytida yozilishicha, Bayi Angliya kubogi 1/8 finali doirasida “Xaddersfild”ga qarshi kechadigan uchrashuvda jamoasiga yordam bera oladi.

Ander Errera va Markus Reshfordlar ham kichik jarohati bois, ushbu o‘yinda ishtirok etma olmaydi.

Zlatan Ibragimovich hamda Maruan Fellaynilar esa tiklanish jarayonini o‘tkazishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!