
Erik ten Xag “Bayer”ni “Manchester Yunayted”ga aylantiradi
Xabi Alonsoni muddatidan oldin “Real”ga qo‘yib yuborgan “Bayer” jamoa boshqaruvini taniqli murabbiy Erik ten Xagga topshirdi.
“Manchester Yunayted”dan ketganidan beri ishsiz yurgan niderlandiyalik mutaxassis yangi ish joyida darrov harakatlarni boshlab yubordi.
Kicker nashrining yozishicha, Erik ten Xag Bundesligaga Manchesterda o‘zi bilan ishlagan sodiq o‘yinchilaridan Antoni va Alexandro Garnachoni olib kelmoqchi.
Har ikki o‘yinchi manchesterliklarning hozirgi bosh murabbiyi Ruben Amorimning rejalariga kiritilmagan.
Antoni Manchesterdan tashqari, “Ayaks”da ham Erik ten Xag qo‘l ostida o‘ynagan. Garnacho esa, bu mutaxassisning yoqimtoy o‘yinchilaridan hisoblanadi. Ayni paytda har ikki futbolchi ham o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.
Fikrlar