Erik ten Xag “Chelsi”ning eng zo‘r futbolchisini olib kelishni talab qilmoqda

  • 02.06.2022 19:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag yangi mavsum oldidan jangovar tarkibni tuzib olmoqchi. The Sun nashrining ma’lum qilishicha, niderlandiyalik mutaxassis klub xo‘jayinlaridan “Chelsi” etakchisi Meyson Mauntni olishni  talab qilmoqda.

Erik ten Xag bu o‘yinchini ancha avval nishonga olgan. Aniqroq aytganda, Meyson “Chelsi”ning asosiy tarkibiga qabul qilingunga qadar ijara asosida “Vitess”da to‘p tepgan. Erik ten Xag ana o‘shanda Niderlandiya chempionatida o‘zini ko‘rsatgan futbolchini roo‘yxatiga qo‘shib qo‘ygan ekan.

Manbaning ta’kidlashicha, Mauntning “Chelsi” bilan yangi shartnoma borasidagi muzokarasi og‘ir kechyapti. Manchesterliklar bu vaziyatdan unumli foydalanib, 23 yoshli yarim himoyachini o‘ziga og‘dirib olish imkoniga ega.

Mauntning “Chelsi” bilan akmaldagi shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!