Erik ten Xag ishongan futbolchi boshqa murabbiy bilan ishlamoqchi

  • 25 avgust, 2024, 09:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Skott Maktominey o‘tgan mavsumda o‘z gollari bilan bir necha uchrashuvda jamoasini qiyin vaziyatlardan olib chiqqanidan keyin bosh murabbiy Erik ten Xagning yoqimtoy futbolchisiga aylanib qolgandi. 

Shunga qaramay, shotlandiyalik o‘yinchi boshqa murabbiy – Antonio Konte qo‘l ostida “Napoli”da to‘p tepish istagi borligini yashirmayapti. 
Jurnalist Alfredo Pedullaning ma’lum qilishicha, jamoa tarkibini qayta shakllantirayotgan Antonio Konte ham 27 yoshli yarim himoyachining Neapolga kelishiga qarshi emas. 

Skott Maktominey bungacha hech qachon jamoasini alishtirmagan. U “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblagadi. Asosiy jamoaga o‘tkazilgan beri hozirgacha 254 ta uchrashuvda qatnashib, 29 ta gol va sakkizta assist qayd etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!