
Eriksenni ko‘chada qoldirishdi
Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksenni koronavirus (COVID-19) sabab Italiyadagi mehmonxonadan chiqarib yuborishdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra daniyalik futbolchi yashayotgan mehmonxona karantinga olingan. Eriksen “Inter”ga yanvar oyida ko‘chib o‘tdi va shu bois u hozircha Milandan o‘zi uchun uy sotib olishga ulgurgani yo‘q.
Yuqoridagi holatdan so‘ng “neradzurrilar” rahbariyati Eriksenga zudlik bilan uy qidirish ishlarini boshlab yuborishgan. U hozir yangi joyga ko‘chib o‘tgan va u erda 2 hafta karantinda bo‘ladi.
Eriksen hozircha “Inter” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar