
Eriksen "Real", "Barselona" yoki "Yuventus"dan biriga o‘tmoqchi. Ammo...
“Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini qaysi jamoada davom ettirmoqchiligi ma’lum bo‘ldi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli daniyalik futbolchi “shporlar” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi emas. U “Real”, “Barselona” yoki “Yuventus” kabi jamoalardan biriga o‘tmoqchi. Biroq, ushbu jamoalarning hech biri unga jiddiy qiziqish bildirishmayapti.
Ma’lumot uchun, Eriksen “Tottenxem” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 206ta o‘yinda maydonga tushdi va 49ta gol urishga erishdi.
Fikrlar