
Eriksen "Tottenxem"da qoladigan bo‘ldi
Londonning "Tottenxem" klubi xavbeki Kristian Eriksen joriy mavsum oxirigacha jamoada qoladigan bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” 27 yoshli daniyalik futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishmoqchi va unga haftasiga 220 evro maoshli shartnoma taklif qilishni rejalashtirishmoqda. Ta’kidlash kerakki agar ushbu kelishuv imzolansa, Eriksen jamoadoshi Xarri Keyndan so‘ng “Tottenxem”ning eng ko‘p maosh oladigan 2-futbolchisiga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Eriksen uning uchun pul muhim emasligi va faoliyatini “Real”, “Barselona” yoki “Yuventus” klublaridan birida davom ettirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. U “Tottenxem” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar