
Eriksenga ishonmaganlar endi uni qayta sotib olmoqchi
Daniya terma jamoasi va "Brentford" klubi futbolchisi Kristian Eriksen APL klublari qiziqish doirasiga tushgan. Unga MYudan tashqari sobiq jamoasi "Tottenxem" va shuningdek, "Everton"dan ham takliflar bo‘lmoqda.
Shunga qaramay, "Brentford" Eriksenni sotib yuborishni istamayapti. Klub unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Agar futbolchi yangi bitimga rozilik bildirsa, u jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi a’zosiga aylanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Kristian yakunlangan mavsum APLning 11 bahsida bitta gol urdi va 4 golga hammualliflik qildi.
Fikrlar