Erkabulan Toktar Toshkentdagi jangda tezkor g‘alabaga erishdi

  • 26.12.2025 23:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

E’tiborli­si, unda bir qator hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazdi. 

Kechaning markaziy to‘qnashuvida o‘zbekistonlik Timur Nikulin va Qozog‘iston vakili Erkabulan Toktar o‘zaro ringga ko‘tarildi. Biroq barcha intiq­lik bilan kutgan bahs uzoqqa cho‘zilmadi.

Erkabulan 1-raunddayoq Nikulinni texnik nokautga uchratib, g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!