Erling Xoland "Real"ga bir shart evaziga o'tishga rozi

  • 12.02.2026 22:07
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland "Real"ga o‘z talablarini qo‘ymoqda. 

Erling Xoland yaqin kelajakda klubini almashtirishni istisno qilmayapti. Buning ustiga "shaharliklar"ning ayni vaqtdagi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunida jamoani tark etadi. "El Nacional" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, norvegiyalik futbolchiga "Real Madrid" varianti qiziq ko‘rinmoqda. Xoland "qirollik klubi"ga ko‘chib o‘tishga qarshi emas, faqatgina Alvaro Arbeloa o‘rnini Yurgen Klopp egallasa u Madrid klubida o‘ynashga rozi. Qayd etilishicha, Klopp "Real"ga kelsa katta ehtimol bilan Vinisius Juniyor qurbon bo‘ladi. "Qaymoqranglilar" braziliyalik vingerning shartnomasi yakunlanguniga qadar sotib yuborishi mumkin. Nufuzli "Transfermarkt" portali Xolandni 200 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli forvard joriy mavsumda umumiy 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 29ta gol va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!