Erling Xoland tarix yaratmoqda: 2 oʻyinda 4 gol va yangi rekord

  • 23.06.2026 08:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand 2026 yildgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Senegalga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi (3:2).

25 yoshli "Manchester Siti" forvardi uchun bu joriy turnirdagi 4-gol bo‘ldi — u faqat ikki o‘yindayoq ushbu ko‘rsatkichga erishdi.

Shu bilan birga, Holand Norvegiya terma jamoasi tarixida Jahon chempionatlarida eng yaxshi to‘purarga aylandi. U bu borada Hyetil Rekdalni ortda qoldirdi. Rekdal faoliyati davomida Jahon chempionatlarida 7 o‘yinda 2 ta gol urgan edi.

Qayd etish kerak, bu Norvegiya terma jamoasi uchun Jahon chempionatlaridagi faqat 4-ishtirok hisoblanadi. Komanda ilk bor 1938 yilda turnirda qatnashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!