Ernandes: "Mbappe tanqidchilarni jim qilib qo‘yadi"
Frantsiya terma jamoasi va PSJ himoyachisi Lyuka Ernandes jamoadoshi Kilian Mbappe haqidagi tanqidlarga munosabat bildirdi.
Fransuz futbolchisi yulduz hujumchiga bo‘lgan e’tibor boshqa o‘yinchilarga nisbatan ancha yuqori ekanini ta’kidladi.
"Kilian Mbappe bo‘lsangiz, hamma sizga ko‘proq e’tibor qaratadi. Maydon tashqarisida nima qilayotganingizni ham kuzatib boradi.
U Jahon chempionati uchun yuz foiz tayyor va motivatsiyaga ega.
Men yig‘in davrida terma jamoa bilan birga bo‘lmadim, ammo menga Kilian juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini aytishdi. U tanqidchilarni jim qilib qo‘yadi", — dedi Ernandes.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar