
Ernesto Valverde: Messi bizni hayron qoldirishdan charchamaydi
Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasi yarim final dastlabki bahsida “Barselona” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdan so‘ng kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Har bir jamoa raqibni o‘z o‘yin uslubiga moslashtirishga harakat qiladi. Ba’zi o‘yinlar bo‘ladiki, raqib o‘yinda ustunlik qiladi. Biz 3ta gol urishga erishdik va javob o‘yinida ushbu farqni yo‘qqa chiqarmaymiz deb umid qilaman.
Biz Messi nimalar qilishi mumkinligini bilamiz, ammo, u bizni hayron qoldirishdan charchamaydi. Bu kabi o‘yinlarda barcha futbolchilar maksimal darajada harakat qilishlari kerak. Aynan mana shunday jamoaviy o‘yin bizga muvaffaqiyat keltirdi ”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Barselona" o‘rtasidagi javob o‘yini 7 may kuni “Enfild”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar