
Eron chempionati. 6 ta gol urilgan bahsda "Fulad" mag‘lub bo‘ldi
Eron chempionati 8-turidan o‘rin olgan "Shardari Arak" - "Fulad" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston terma jamoasi posboni O‘tkir Yusupov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Legionerimiz 15 daqiqada jamoadoshining to‘p uzatishdagi xatosidan so‘ng raqibga qo‘pollik qilgani uchun penaltiga sababchi bo‘ldi va sariq kartochka bilan jazolandi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng "Fulad" turnir jadvalida 14 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar