Eron chempionati. Bugun legionerlarimiz o‘ynaydi

Bugun Eron chempionatining 21-tur o‘yinlari start oladi. Bilasiz, ushbu chempionatda ikki nafar hamyurtimiz to‘p tepmoqda.

Azizbek Amanov harakat qilayotgan "Istiqlol" o‘z maydonida "Siryan" jamoasini qabul qiladi. O‘yin 19:00da boshlanadi.

Yaqindagina "Persepolis" safiga borib qo‘shilgan Sherzod Temirov bugun "Sanat-Naft"ga qarshi bahsda debyut qilishi kutilmoqda. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00ga rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!