Eron chempionati. Sergeev va O‘runov golli harakatlar amalga oshirgan o‘yinda «Persepolis» g‘alaba qozondi
Eron chempionatining 8-turida «Persepolis» o‘z maydonida «Sanat-Naft»ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar safida Tivi Bifuma 5-daqiqada hamyurtimiz Igor Sergeevning uzatmasidan keyin hisobni ochdi. 53-daqiqada Ali Aliipur oradagi farqni ikkita to‘pga yetkazdi. 67-daqiqada esa Muhammadhusayn Baseri mehmonlarning javob golini kiritdi.
Uchrashuvning yakuniy hisobini 84-daqiqada yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov o‘rnatdi. U 76-daqiqada zahiradan maydonga tushgan edi.
Shu tariqa, «Persepolis» ochkolari sonini 16 taga yetkazib, bir o‘yin kam o‘tkazgan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalab turibdi. Peshqadam «Traktor» hisobida esa 17 ochko mavjud.

Fikrlar