Eron terma jamoasi 2026 yilgі jahon chempionatini tark etish niyatini rasmаn e’lon qilmagan
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) bosh kotibi Vindzor Jonning ma'lum qilishicha, tashkilot hozircha Eron futbol federatsiyasidan 2026 yildagi jahon chempionatidagi ishtirokini to‘xtatish niyati haqida xabarnoma olmagan.
"Bu juda keskin vaziyat. Har kim o‘z nuqtai nazarini bildiradi. Zero, terma jamoaning turnirdagi ishtiroki masalasi mamlakat futbol federatsiyasiga bog‘liq. Ayni paytda federatsiyaning ritorikasi jamoaning jahon chempionatida o‘ynashiga borib taqaladi. Ular OFKga kirishadi, biz ularning o‘ynashini xohlaymiz, axir ular turnirga yo‘llanma olishdi... Umid qilamizki, ular o‘zlarining barcha masalalarini hal qilib, ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi", - deya Jonning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Eron terma jamoasi JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan “G” guruhidan joy oldi. Jamoaning uchchala o‘yini ham AQSh hududida bo‘lib o‘tishi kerak.
Fikrlar